Uning aytishicha, Zeedorf bunday katta klubni boshqarishga hali yosh ekan va faqat yoshi katta odamgina “Milan” futbolchilarini boshqara olar ekan. Bu gapi bilan Berluskoni futbolchilar Zeedorfga quloq solishmayapti degandek bo'ldi.
O'z navbatida 38 yoshli gollandiyalik murabbiy ham xo'jayinning bu gaplarini e'tiborsiz qoldirmadi: “Ochig'i men Berluskoni nima demoqchi bo'lganini tushunmadim. Men faqat bo'lajak uchrashuv va jamoam haqida o'ylayapman. Men har doim hazil qilishim mumkin, lekin kerak paytda jiddiy bo'la olaman. Bazan futbolchilar oldimga kelib, men bilan ishlashayotganidan xursandliklarini ma'lum qilishyapti, bu esa juda muhim”.
“Berluskoni “Milan”ni yoshi katta murabbiy boshqara oladi deyapti-yu, lekin mendan atigi bir yoshga katta Vinchenco Montellani o'rnak qilib ko'rsatyapti. Bu esa umuman tushunarsiz holat. Men ahmoqqa o'xshab qarab turishni xohlamayman. Toki bosh murabbiy ekanman, atrofimdagilar hurmat qilishini xohlayman”.
“Murabbiylikni boshlaganimga endi uch oy bo'ldi, ammo 22 yildan beri futboldaman va nima qilayotganimni juda yaxshi bilaman. Men har doim matbuotga iliq munosabatda bo'lib kelganman, shu o'rinda ular ham men bilan yaxshi aloqada bo'lsin deyman. Oldimizda “Atalanta”ga qarshi bahs turibdi. Hozir bor e'tiborim mana shu o'yinga qaratilgan”.
X.Xoliqov tayyorladi.