Kissling: "Barcha ayb o'zimizda"

18 sen 2014, 00:55
"Bayer" hujumchisi Shtefan Kissling "Monako"dan uchralgan mag'lubiyatga butun jamoa aybdor bo'lganini aytib o'tdi.
Hamma ayb o'zimizda. Ikkinchi taymda deyarli o'yindan chiqib ketdik. Birinchi bo'limda nisbatan yaxshiroq harakat qilayotgandik. Hal qiluvchi vaziyatlarda bizlarga sovuqqonlik yetishmadi. Biz hamma masalani birinchi bo'limda hal etib qo'yishimiz mumkin edi. Chempionlar ligasi o'yinlarida bunday o'ynash qimmatga tushadi.

Manba: soccer.ru