Kimmixning fikricha, Ronaldu Xitoy klubiga o'tmasligi kerak

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2017, 15:18
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmixning fikricha, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Xitoy klublaridan biriga o'tmasligi lozim.

Oldinroq Xitoy klublaridan biri Ronalduga 100 mln. evrolik shartnoma taklif qilayotgani e'lon qilingan edi.

"Menimcha u shuncha pulni sarflay olmasa ham kerak. Hozirgacha bu ishni qila olmagan, 100 mln.ni qanday ishlatadi? Haqiqiy futbolchi uchun birinchi o'rinda pul emas, o'zining yuksak maqsadlari va sport chaqiruvlari bo'lishi kerak" - deydi Kimmix.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz