"Kim taktik tomondan tayyor bo'lsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi". Leonid Koshelevning O'zbekiston Superkubogidan oldingi fikrlari

Aslanov Jasurbek
5 mar 2021, 19:30
O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasidagi bahsga qiziqish yuqori darajada.

Doimgidek o'yindan avval futbol jamoatchiligi orasida turli fikrlar yangraydi, taxminlar bildiriladi. Albatta, barcha o'zining shaxsiy fikrini bildirishga haqli. Biz esa qiziqarli va shiddatli o'tishi kutilayotgan Superkubok o'yinidan oldin taniqli sobiq futbolchi Leonid Koshelevning fikrlari bilan qiziqdik. 

Ma'lumot o'rnida takidlash joizki, Koshelev O'zbekiston Superkubogi tarixidagi ilk uchrashuv ishtirokchisi hisoblanadi. 1999 yil "Navbahor" safida Superkubok o'yinida "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushgan sobiq futbolchi o'sha kechada dubl muallifiga aylanib, "lochinlar"ning tarixiy natijasiga katta hissa qo'shgan. Uning 55 va 77-daqiqalarda raqib darvozasiga kiritgan to'pi, shuningdek, Shuhrat Rahmonqulov va Saydullo Tursunovning gollari 4:2 hisobidagi g'alabani tortiq qilgandi.

"Fikrimcha, ikki jamoani ham oson bo'lmagan o'yin kutmoqda. Ha, uchrashuv qiziqarli kechishi shubhasiz. Bu yerda bir omil bor, mavsum endi boshlanmoqda. Hali hech qaysi jamoa yuz foiz tayyor holatda bo'lmaydi. Bu ham o'z ta’sirini o'tkazishi mumkin. Ertaga qaysi jamoa taktik tomondan tayyor bo'lsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi", – deydi Leonid Koshelev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia