Kim Min Je Manchesterga yo'l olishi mumkin

Alisher Ostonov
15 iyun 2025
"Manchester Yunayted" "Bavariya" himoyachisi Kim Min Jeni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

28 yoshli koreyalikning transferi yozgi transferlar vaqtida amalga oshishi mumkin.

Kim Min Je 2024/25 yilgi mavsum "Bavariya" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

Kim Min Je hozircha Angliyada o'ynamagan - u avvalroq "Napoli", "Fenerbaxche", Xitoyning "Beyjing Goan", Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" va "Genju" klublarida o'ynagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Daily Briefing