Kilian Mbappe yana fikrini o'zgartirdimi? Futbolchi faoliyatini qayerda davom ettirmoqchiligi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
3 yanv 2024, 14:10
Bu "Real Madrid" emas.

"Mbappe qaerga o'tadi?" - bu savol juda uzoq vaqtdan buyon o'z javobsiz qolmoqda. Bir necha bor Kilian faoliyatini "Real"da davom ettirishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi, ammo Mbappe hamon Madridda emas.

Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchi transferi uchun "Real"ning asosiy raqobatchisi hisoblanmoqda. 

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining o'zi ham Angliya Premer-Ligasida o'ynashni istamoqda. Shu sababli u "Liverpul" variantiga jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ jamoasi bilan shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: liverpoolecho.co.uk