

Real Madridga o'tganimni qachon e'lon qilishadi. Barcha narsani o'z vaqti bor. Men PSJni tark etganimni e'lon qildim. Qolganini esa hali vaqti kelmadi, - dedi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, Mbappe mavsum yakunidan so'ng PSJni tark etishini ma'lum qilgandi. U Parijliklar safida 6 mavsum harakat qildi. Shu vaqt oralig'ida hujumchi 306 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 255 ta gol va 108 ta golli uzatma mavjud.



