

Hujumchi o'zining ahvoli o'sha paytda ko'ringanidek yomon emasligini ma'lum qildi. “Menda hammasi yaxshi ekanligini e'lon qilmoqchiman. Ahvolim ko'ringanidek yomon emas. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman”, - deydi Kilian.
Eslatib o'tamiz, parijliklar “Lion” maydonida bir kishi kam bo'lib o'ynab, o'yin so'ngida Memfis Depay tomonidan urilgan gol evaziga safardan mag'lubiyat bilan qaytishga majbur bo'ldi.



