Kike Seten: "Barselona" menga hali to'lamadi"

Alisher
20 yanv 2021
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Seten kataloniyaliklar shartnomani muddatidan oldin bekor qilinishi ortidan tovon pulini olmaganini aytdi.

"Barselona" hali menga to'lamadi. Biz kutyapmiz", - deydi Seten.

Oldinroq Ispaniya OAVda mutaxassis klubni shartnoma majburiyatlarini bajarmagani uchun sudga berganligi haqida xabarlar yangragan edi.

Seten 2020 yilda "Barselona"da ishladi. Klub uning qo'l ostida hech qanday sovrin yutmadi.


AlisherMuallif
Manba: AS