
Bu haqda UEFA rasmiy sayti ma'lum qildi.
Ushbu qaror tashkilotning Afinadagi navbatdan tashqari yig'ilishida qabul qilindi. Finalga mezbonlik qiladigan Kievning "Dinamo" klubi stadioni - "Olimpiyskiy" o'z bag'riga 68 ming muxlisni sig'dira oladi. O'yin 26 may kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilgi YCHL finaliga Uels poytaxti Kardiff mezbonlik qiladi. Uchrashuv "Millenium" stadoinida bo'lishi rejalashtirilgan.