Kibersport Rossiyada rasmiy sport turi deb tan olindi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2016, 16:49
2016 yilning 7 iyun kuni sport ishlari vazirligi kompyuter sportini Rossiya Federeciyasining rasmiy sport turi deb tan olish haqida buyuruq chiqardi.

Bu haqda cybersport.ru sayti e'lon qildi.

Buyuruqning rasmiy matni:

2016 yilning 7 iyun kuni sport ishlari vazirligi kompyuter sportini Rossiya Federeciyasining rasmiy sport turi deb tan olish haqida buyuruq chiqardi. Bu kompyuter sporti muxlislari uchun quyidagi imkoniyatlarni ochadi:

  • Rasmiy musobaqalar o'tkazish
  • Sport reytingi asosiyda sport razryadlarini tayinlash imkoniyati
  • Hakam va murabbiylar tayyorlash uchun talim dasturlarini ishlab chiqish
Shunday qilib kompyuter sporti futbol, xokkey yoki basketbol kabi ananaviy sport turiga aylandi.

"Bugungi kun kibersport muxlislari uchun ajoyib bayram hisoblanadi. Rasmiy sport turi maqomini olish bizning Federatsiyamizga yangi talablar qo'yadi. Biz birinchi navbatda Rossiyaning barcha mintaqalarida kompyuter sportini ommalashtirmoqchimiz - Rossiya Kubogi 2016 yilda Federatsiyaning eng yirik musobaqasi bo'ladi" - deydi Rossiya kibersport federatsiyasi prezidenti Aleksandr Gorbachenko.

Yo'nalishlar:

Uch o'lchamli shuterlar;

Taktik-strategik o'yinlar;

Taktik-strategik elementlarga ega jamoaviy o'yinlar;

Texnik simulyatorlar;

Sport o'yinlari simulyatorlari (futbol, xokkey, basketbol).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia