Kiberfutbol: Project X turnirida o'zbekistonliklar qolmadi

Aslanov Jasurbek
25 avg 2016
FIFA 16 bo'yicha Projext X turnirining 5-mavsumi davom etmoqda.

Unda bir necha nafar o'zbekistonlik ishtirok etgan edi. Turnirda eng uzoqqa bora olgan hamyurtimiz - Abdusapi Qayumov bo'ldi. Qayumov mag'lublar to'rining yarim finalida Rage jamoasining "Anmoff" nikli o'yinchisiga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'yinlar ro'yxati:

"Anmoff" - Abdusapi Qayumov

"Bavariya" - Braziliya 3:5

"Yuventus" - "Yuventus" 6:1

"Real" - "Bavariya" 4:4

Fransiya - "Real" 3:3

"Real" - "Real" 4:2

"Yuventus" - Braziliya 0:3

"Bavariya" - "Yuventus" 3:3

Fransiya - "Bavariya" 2:2

"Real" - "Yuventus" 6:1


Ayni damda g'oliblar to'rining finaliga chiqqan, Toshkentda bo'lib o'tgan MDH Kubogi g'olibi Robert Faxretdinov chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanmoqda. Robert bir necha kun oldin Rossiya Premer-ligasining "Ufa" klubi bilan shartnoma imzolagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia