Kiberfutbol bo'yicha Rossiya chempionati boshlanmoqda

Aslanov Jasurbek
2 avg 2016, 15:49
Rossiya kiberfutbol federatsiyasi rasmiy sayti FIFA bo'yicha mamlakat chempionati boshlanishi haqida e'lon qildi.

Kiberfutbol bo'yicha Rossiya chempionati saralash bosqichi mamlakatning 50 dan ortiq shaharlarida va internet tarmog'ining eng mashhur kiberfutbol maydonlarida o'tkaziladi. Kiberfutbol bo'yicha Rossiya chempionatining finali 24-25 sentyabr kunlari Moskva shahrida bo'lib o'tadi va u yerda mamlakatning eng yaxshi 80 nafar o'yinchisi yig'iladi. G'olib kiberfutbol bo'yicha Rossiyaning 2016 yilgi chempioni nomiga ega bo'ladi va Parijda bo'lib o'tadigan kiberfutbol bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Saralash bosqichi uch platformada o'tkaziladi.

PS4 (Playstation 4), PC (kompyuter) va Xbox One!

Final PS4 platformasida o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia