Keyrushga yana bir taklif bor

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 14:53
Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush ish joyini o'zgartirishi mumkin.

"Globo Esporte" xabariga ko'ra, 65 yoshli mutaxassis Kolumbiya futbol federatsiyasi bilan mamlakat milliy termasi bosh murabbiyi bo'lish borasida kelishib olgan.

U Osiyo Kubogidan keyin Kolumbiya termasi boshqaruvini o'z qo'liga oladi.

Portugaliyalik mutaxassis Eron termasini ikki marta jahon chempionatiga olib chiqdi. Bunga qadar u Portugaliya, Janubiy Afrika, BAA termalarini, "Sporting" hamda "Real"ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo Esporte