Keyn va Vertongen YCHL finalida o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 may 2019, 15:10
Londonning "Tottenxem" klubi Chempionlar ligasi final uchrashuvida "Liverpul"ga qarshi optimal tarkibda maydon tushishi mumkin.

Guardian nashrining xabariga ko'ra, jamoaning asosiy hujumchisi Xarri Keyn o'yingacha tiklanishga ulguradi. Shu bilan birga, jamoa himoyachisi Yan Vertongen ham qaytishi mumkin.

Final 1 iyun kuni Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Guardian