

O'yinda Son Xyon Min hujumdagi sherigi Xarri Keynga golli pas berdi. Shunday ekan "shporlar" hujum juftligi Angliya chempionatining joriy mavsumida bir-birlariga 14 bor assist amalga oshirishdi.
Ular "Blekbern" sobiq o'yinchilari Alan Shirer - Kris Satton duetining rekordini yangilashdi. Bu juftlik mavsumda 13ta assist amalga oshirishgan.
"Tottenxem" ayni damda Angliya chempionatida 45 ochko bilan jadvalda 6-o'rinda bormoqda.



