Keyn uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin, Alli esa…

Eldor Akmurzayev
12 apr 2019, 00:25
Tottenhem klubi jamoa hujumchisi Harri Keyn va yarimhimoyachi Dele Allining sog'ligi bo'yicha bayonot berdi.

Xabar qilinishicha, Keyn chap oyog'ining to'piq qismidan jarohat olgan. Uning qachon safga qaytishi qo'shimcha tekshiruvlardan so'ng ma'lum bo'ladi. Biroq, tahminlarga ko'ra londonliklar forvardi uchun mavsum yakunlandi. 

Alli esa chap qo'li biroz lat egan va uning jarohati jiddiy emas. Yarimhimoyachi Keyndan farqli o'laroq, APL doirasidagi Xaddersfildga qarshi bahsnigina o'tkazib yuborishi mumkin. Lekin, shunda ham yakuniy qaror shifokorlarga bog'liqligi aytilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com