Keyn: "Tottenxem" "Midlsbro"ni 2:0 yoki 3:0 hisobida taslim etishi mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
5 fev 2017, 13:14
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Midlsbro"ga qarshi kechgan APLning 24-tur uchrashuvi (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Biz vaziyatlar yaratdik, ammo ularni golga aylantira olmadik. G'alabadan mamnunmiz, chunki Premer-ligada oson o'yinlar bo'lmaydi, bizni 1:0 ham qoniqtiradi.

Hafta o'rtasida bizda "Sanderlend" bilan qiyinchilik bo'lgan edi va bu safar ham shunday bo'lishini tushunib turgan edik. "Tottenxem" avvalgi bahsdan yaxshiroq o'ynadi. Biz 2:0 yoki 3:0 hisobida ham g'alaba qozona olardik.

Tarkibimiz kuchli. Kuchni saqlash uchun rotaciyalar bo'lishi mumkin. Sovrinlarni qo'lga kiritmoqchimiz va buni uddalaymiz deb umid qilaman" - deydi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport