"Keyn sovrin yutishi uchun jamoasini o'zgartirishi lozim"

Aziz Tukhtamuradov
29 mar 2021
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kinning fikricha, Garri Keyn "Tottenxem"dan kyetishi lozim.

"Agar sen top futbolchi bo'lsang, sovrin yutishni istaysan. "Tottenxem" oldidan muhim o'yinlar turibdi. U Angliya ligasi kubogi finalida o'ynaydi va APLda kuchli to'rtlikka kirishga urinib ko'radi. Amallay oladimi? Bu katta so'roq ostida. 

Bu Keynga ta’sir qiladimi? Uning "Tottenxem" bilan shartnomasi bor va buni klub hal qiladi. Ammo Keynning o'rnida bo'lganimda, nufuzli turnirlarda g'olib bo'lish uchun klubni almashtirardim. "Tottenxem"da bu amalga oshmaydi", - dedi Kin. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports