

Bugun inglizlar Evro-2024 chorak finalida Shveytsariyaga qarshi maydonga tushishadi.
Bu bahs Garet Sautgeyt uchun Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 100 o'yin bo'ladi.
"To'g'ri, boss vaqti-vaqti bilan tanqid ostida qoladi. Ammo oxir oqibat faqat biz maydonga chiqamiz.
Murabbiy bizga ko'p narsa bera oldi. U Angliya tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Shu sababli maydonga chiqib, unga minnatdorchilikni natija orqali aytishimiz kerak" - dedi terma jamoa sardori.


