Keyn "Oltin to'p" haqida: "Albatta, bu haqda o'ylayman!"

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2025, 13:39
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.

"Albatta, men bu haqda o'ylayman! Rostini aytsam, uni qo'lga kiritishni orzu qilaman. O'ylaymanki, o'yin darajam meni sovringa da'vogarga aylantirdi. "Bavariya" yoki Angliya – men katta chempionlik uchun kurashish odatiy hol bo'lgan jamoalarda o'ynayman", – dedi angliyalik forvard.

Avvalroq Harri Keyn Bundesliga 16-turida "Bavariya"ga g'alaba tortiq qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: telegrafi.com