Keyn Messidan o'zib keta olmagan ko'rsatkich bor ekan

Aslanov Jasurbek
27 dek 2017
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Sautgempton"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 20-tur uchrashuvida (5:2) xet-trik qayd etib, ajoyib natijalar qayd etdi.

Keyn yil davomida APL o'yinlarida 39ta gol urib, Shirer rekordini yangiladi. Bundan tashqari, Keyn 2017 yilda gol urish bo'yicha "Barselona" forvardi Lionel Messini ortda qoldirdi. Argentinalikning joriy yildagi gollari 54ta edi, angliyalik forvard esa "avliyolar"ga o'zining 55-golini urdi.

2017 yilda gol urish bo'yicha natijalar:

Garri Keyn ("Tottenxem") - 55ta

Lionel Messi ("Barselona") - 54ta

Krishtianu Ronaldu ("Real") - 53ta

Qoyil! Keyn yana bir rekordni yangiladi


Ammo OPTA statistika markazi taqdim etgan ma'lumotga ko'ra, Keyn bir ko'rsatkich bo'yicha Messini ortda qoldira olmadi. 2017 yilda milliy chempionatlarda gol urish bo'yicha eng yaxshi natija argentinalikda, "Tottenxem" forvardi esa ikkinchi o'rinda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia