Keyn: "Liverpul" APL sovriniga haqli"

Alisher
16 may 2020
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Liverpul"ni APL sovriniga haqli deb o'ylaydi.

"Klubimiz Premer-liga bilan to'rt yoki besh nafar futbolchi bo'lib mashg'ulotlar olib borish uchun ruxsat so'raydi. Agar ruxsat berilsa men kichik guruhlarda mashg'ulotlarni boshlab yuboraman.

Muxlislarsiz o'ynash qiyin bo'ladi, "Liverpul" chempionlikka haqli, uni muxlislarisiz qo'lga kiritish g'alati bo'ladi.

Muxlislar - futbolning katta qismi. Ular aynan hozirgi futbolni shunday darajaga olib kelishgan", - deydi Keyn.


AlisherMuallif
Manba: Good Morning Britain