Keyn: "Kelajagim borasida Santu bilan gaplashganim yo'q"

Mirjalol Normatov
6 iyul 2021, 00:19
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn Nunu Eshpiritu Santuning "shporlar" boshqaruviga kelgani haqida gapirdi.

"Doimo yangi murabbiy kelganidan keyin klubda boshqacha optimistik darajasi ko'tariladi. U bilan kelajagim borasida gaplashganim yo'q, chunki klub ixtiyoriga yetib bormadim.

Ayni damda Angliya termasidaman va e'tiborim shu erga qaratilgan. U ajoyib murabbiy, "Vulverxempton"da yaxshi ishladi va jamoasi chiroyli o'yin namoyish qildi. Klubga borganimda uning suhbatini albatta olaman.

Futbolchi sifatida doimo o'zimizdan ko'prog'ini so'rashimiz kerak, chunki muxlislar bizni yaxshi ko'rishini his qilib turmog'imiz lozim. Paratichi bilan gaplashib olishning imkoni bo'lmadi. Turnirdan keyin u bilan ham tanishib olaman.

Futbol olamining top-vakillaridan maqtovlar eshitish yoqimli. Bu ishonch va ishtiyoq taqdim qiladi. Eshitish juda maroqli", - dedi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal