Keyn: "CHLda "Siti"ga qarshi bahs - "Tottenxem" uchun jiddiy imtihon"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2019, 14:29
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.

"Manchester Siti"ga qarshi ikkita ajoyib o'yin bo'lib o'tadi. Raqibimiz ayni damda Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Bu biz uchun jiddiy imtihon bo'ladi. Chempionlar ligasi chorak finalida oson raqiblar bo'lmaydi, shu sababli ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Bizda yarim finalga chiqish uchun imkoniyat bor, buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Keyn.

"Tottenxem" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/4 final ilk bahsi 9 aprel kuni Londonda, javob o'yini 17 aprelda Manchester shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com