Keyn: “Chempionlik haqida gapirishga hali juda erta”

“Tottenxem” yetakchisi APL 6-turida “Byornli” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng (1:0) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Chempionlik haqida gapirishga juda erta. Har bir bahsni borichda qabul qilishimiz kerak. Buning klishe (qolipga tushirilgan gap) ekanligini bilaman. Biz hali o'rganishimiz va rivojlanishimiz kerakligini bilaman, ammo bunday kechalar (“Byornli”ga qarshi o'yin nazarda tutilmoqda) bizga ishonch bag'ishlaydi”, - deydi Keyn.

Keynning hisobida APLning 6-turidan so'ng 5 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.


Manba: BBC Sport