Keyn APLning dastlabki uchrashuvida maydonga tusha oladi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2018, 20:50
"Tottenxem" futbolchisi Garri Keyn APLning birinchi turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

"6 avgustda "Tottenxem"ga qaytaman va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlayman. APL 11 avgustda boshlanadi. Bu vaqt oralig'ida qay darajada tayyor ekanligimni tushunib olishim lozim bo'ladi", - dedi Keyn.

Eslatib o'tamiz, u ayni paytda JCH-2018dan so'ng tatilda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sportsmole