Keyn APLga kichik o'zgartirish kiritish kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
17 noya 2024, 18:16
"Tottenxem" sobiq futbolchisi, ayni damda "Bavariya"da o'ynayotgan Xarri Keyn APLga qishki tanaffusni qaytarish kerakligini aytdi.

"APLga qishki tanaffusni qaytarishsa, ajoyib ish bo'lgan bo'lardi. Bunday holat ikki yilcha bo'ldi, shekilli. O'shanda futbolchilar ko'plab iliq fikrlarni bildirishdi.

Taqvim bo'yicha ko'plab gap-so'zlar bo'ldi. Masalan, birinchi marta o'tgan yili qishda dam oldim. Bu orqali men o'zimda charchoqlarning chiqib ketganini va qiyin o'yinlar oldidan kuch to'play olganimni his qildim.

Futbolchilarga taqvim borasida yordam berish uchun suhbatlar o'tkazish kerak. Afsuski, ular o'shanda o'z so'zlarini qaytib olishdi va tanaffus berishni istashmadi", - dedi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN