Keyn APL to'purarlari ro'yxatida 7-o'ringa ko'tarilib oldi

Aziz Tukhtamuradov
17 apr 2021, 09:40
"Tottenxem" futbolchisi Garri Keyn "Everton" bilan o'yinda dubl qayd etdi.

27 yoshli futbolchi APL doirasidagi o'yinlarda 163 va 164-gollarini urdi. 

Bu orqali Keyn APL to'purarlari ro'yxatida Defo (162 gol) va Fauler (163 gol) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi. 

Keyn TOP-5ga kirib olishi uchun 13 ta gol urishi lozim. Ayni paytda APL to'purarlari ichida TOP-6 ro'yxati quyidagicha ko'rinishni hosil qilgan:

175 - Terri Anri

177 - Frenk Lempard

181 - Serxio Aguero

187 - Endi Koul

208 - Ueyn Runi

260 - Alan Shirer.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta