

Eslatib o'tamiz, Italiya A seriyasi 34-turida "Lacio"ga qarshi o'yinda (1:3) futbolchi raqib jarima maydoni ichida sumulyaciya ishlatib yiqildi va hakam buni sezmay raqib darvozasi tomon penalti belgiladi. O'sha penalti gol bilan tugadi.
Biroq tartib intizom qo'mitasi o'sha vaziyatni ko'rib chiqib gollandiyalik futbolchini ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilishga qaror qildi. Strotman endi "Milan" va "Yuventus"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.




