Kevin Gameyro: "PSJda Anchelotti ko'proq maydonga tushishimga vada bergandi, ammo u gapida turmadi"

Aslanov Jasurbek
14 noya 2016, 16:41
"Atletiko" hujumchisi Kevin Gameyro Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi.

"Anchelotti meni aldadi. Men uning PSJsida o'ynashga tayyor emasdim. U 2011 yilning dekabr oyida Antuan Kombuarening o'rnini egallaganida, Karlo Anchelottining rejalariga kirmasligimni tushundim. Men o'ynamay asosiy futbolchidan zaxira o'yinchisiga aylandim.

Anchelottiga mavsum oxirida ketishimni aytdim, ammo u meni to'xtatdi. U menga tig'iz taqvimda o'ynashga imkon bo'lishini aytdi, ammo vadasida turmadim.

2013 yilning martida Ibragimovichsiz "Valensiya"ga qarshi o'ynadik, ammo meni asosiy tarkibda maydonga tushirishmadi. Keyingi kun murabbiydan tushuntirish so'radim. U meni eshitdi, ammo hech narsani o'zgartirmadi" - deydi Gameyro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru