Kevin De Bryuynedan shunchaki dahshatli ko'rsatkich

Omonjon To`xtamirzayev
29 fev 2024
"Manchester Siti" yetakchisi bu mavsum jarohatlar tufayli ko'p o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda.

Biroq bu holat uning o'yin darajasi va samadorligiga umuman ta’sir ko'rsatmayapti. Kevin De Bryuyne joriy mavsum "Manchester Siti"ning istalgan futbolchisidan ko'proq golli uzatma etkazib bergan (11). 

Bu yangilik emas, nimasi dahshatli deysizmi? KDB 11 ta golli uzatmani bor yo'g'i 12 ta uchrashuvda amalga oshirishga ulgurdi desak-chi?

Tan olish kerak, unchalik ko'p etirofga sazovor bo'lmagan bo'lsada, De Bryuyne o'z davrining buyuk futbolchilaridan. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia