Kevin de Bryuyne: “David Silva uchun YCHLda g'olib chiqsak, ajoyib bo'lardi”

27 iyul 2020, 22:34
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jamoadoshi David Silvaning jamoadan ketishi haqida gapirdi.

“U men uchun Premer ligada men bilan to'p tepgan eng yaxshi futbolchi bo'lib qolaveradi. Albatta bu borada istagancha bahslashish mumkin. Ammo u bilan to'p teparkansan, uning haqiqiy iqtidorini o'z ko'zing bilan ko'rib, kundan kun uni yangidan kashf etasan. Men u bilan besh yildan buyon to'p tepayapman. Biz birgalikda ko'plab o'yinlarda maydonga tushdik. Uning o'rni bizga judayam bilinadi.Chunki yosh fubolchilar undan ko'p narsani o'rganishayotgandi. Shu jumladan men ham. O'ylaymanki, biz u uchun mavsumni omadli yakunlay olamiz. Agar YCHLda g'olib chiqa olsak, u ushbu sovrinni qo'lga kiritib jamoa bilan xayrlashsa, ajoyib bo'lardi”, dedi Bryuyne.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News