Ketma-ket 10 o'yinda yutqazgan jamoa bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 15:27
Bosh murabbiy Antuan Kombuare "Tuluza" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi.

Mutaxassis jamoada atigi bir necha oy ishladi holos. U "Tuluza" boshqaruvini o'tgan yilning 14 oktyabr kunida o'z qo'liga olgandi.

Jamoa so'nggi 10 o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi. Ayni damda "Tuluza" 19 turda 12 ochko to'plagan holda Liga 1 turnir jadvali 20-pog'onasida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express