"Kessening MYUga urgan goli hisoblanmadi. Bu xato edi"

Aziz Tukhtamuradov
12 mar 2021, 09:21
"Milan" futbolchisi Simon Ker Yevropa Ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Muhim natija. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. O'yinni nazorat qildik deb o'ylayman. 

Raqib darajasini bilamiz. Ammo biz individual sifatlarni namoyish etdik. Oldinda yana bir sinov kutmoqda, ammo bu bahsda biz kuchli edik. 

Kessening bekor qilingan goli? U bilan gaplashdim. Fikrimcha, golni bekor qilish xato edi. Afsuski, shunday bo'ldi. Chunki, bu o'yinni o'zgartirib yuborishi mumkin edi", - dedi himoyachi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia