Kerrik mavsum so'nggida butsalarini mixga ilishini aytdi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2018, 00:39
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Maykl Kerrik mavsum tugashi bilan faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

“Hamma narsaning o'z vaqt-soati bor. Hech narsa abadiy emas. O'z vaqtida chiroyli ketishni ham bilish kerak. Men bir qarorga keldim”, – dedi Kerrik.

Ma'lumot uchun, Kerrik “MYU” sharafini 2006 yildan buyon himoya qilib kelyapti. “Qizil iblislar” tarkibida u 5 marotaba Angliya chempioni, 6 bor Angliya Superkubogi, 2 marotaba Liga Kubogi hamda bir martadan Angliya Kubogi sohibiga aylangan. Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham bosh mukofotga ega chiqqan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif