Kepaning "Real"dagi taqdiri ma'lum bo'ldi

Alisher
4 fev 2024
Kepa Arrisabalaga mavsum so'nggida "Real"dan ketadi.

Madridliklar darvozabonni doimiy asosda qoldirmaslikka qaror qilishdi. Agar kutilmagan nimadir sodir bo'lmasa ispan yozda "Chelsi"ga qaytadi.

"Real" Andrey Lunindan qoniqmoqda va uni yaqin vaqtlarda asosiy darvozabon sifatida o'ynatadi. Ushbu poziciyadagi rotaciyadan voz kechiladi.

Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda Lunin, Tibo Kurtua va Fran Gonsales ishtirokidagi darvozabonlar uchligi bo'ladi.


AlisherMuallif
Manba: Relevo