

"Lempard bilan munosabatlarimiz yomon emasdi. Men o'zim istagandek futbolchi bo'la olmadim. Ammo xech qachon "Chelsi"dan ketish masalasini ko'tarmaganman. O'tgan yili o'ynagandim, bu yil o'ynamayapman. Lekin ketish haqida xech qachon o'ylamaganman.
Men bu yerda qolib, o'ynashni istayman. Vaziyatni o'zgartirib, murabbiyda yaxshi taassurot qoldirish uchun ko'proq va yana ko'proq o'ynashim lozim. Men kelajakka ishonaman", - dedi Kepa.



