Kepa uchun A Seriya klubi davogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
23 okt 2021, 00:58
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga jamoadan ketishi mumkin.

"Fichajes" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Voycex Shensnining beqaror o'yinlari sababli ayni damda klubdagilar yangi darvozabon izlamoqda.

Londonda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani, asosiy posbon hisoblanmayotgani sababli Kepa jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.

Kepa ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 3 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fichajes