Kepa mavsumning qayta boshlanishini istamayapti

Mirjalol Normatov
5 iyun 2020, 20:28
"Chelsi" posboni Kepa Arrisabalaga APLning qayta boshlanishi haqida gapirdi.

"Kunlar haqida gapirish juda qiyin, futbolchilar buni nazorat qila olishmaydi. Germaniyada futbolchilar birgalikda mashg'ulot qilishmoqda, Fransiyada esa mavsumni yakunlashgan.

Ammo biz uchun sog'liq birinchi o'rinda. Agarda Premer-liga qaytayotgan bo'lsa, demak, barchasi nazorat ostida.

Bizni maksimal darajada virusdan himoya qilishmoqda. Ammo tepada o'tirib olib, mavsumni qayta boshlash haqida gapirish - absurd. Barchasining o'z vaqti keladi, biroq hozir futbol o'ynaydigan vaqt emas", - dedi Kepa.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal