Kepa hech qanday qoidani buzgani yo'q

Aslanov Jasurbek
25 fev 2019
"Chelsi" posboni Kepa Arrisabalaga "Manchester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi finali paytida maydonni tark etishni istamay, Angliya futbol federatsiyasining qoidalarini buzmagan.

Bahs yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida bosh murabbiy Mauricio Sarri Arrisabalaga o'rniga Villi Kabaleroni tushirmoqchi bo'ldi, ammo tablo ko'tarilganiga qaramay, Kepa maydonni tark etishni istamadi. Natijada italiyalik mutaxassis g'azab bilan suv idishni erga otdi va tribunaosti yo'lakchasiga yo'l oldi. Bir necha soniya o'tib murabbiy maydonga qaytdi. Penaltilar seriyasida "Manchester Siti" g'alabaga erishdi.

Angliya futbol federatsiyasi qoidalarida yozilishicha, agar almashtiriladigan futbolchi maydonni tark etishni istamasa, bahs davom etadi. Shunday qilib, uchrashuv bosh hakami "Chelsi" posboniga jazo qo'llay olmasdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com