

Ispaniyalik darvozabon o'yin amaliyoti kamligiga qaramasdan, "aristokratlar" safida qolmoqchi.
Arrisabalaga hozirgi birinchi raqam bo'lmish Mendi bilan tarkibdagi o'rin uchun kurashmoqchi. Murabbiylar shtabining Kepaga munosabatiga kelsak, Tomas Tuxel uni qo'llab-quvvatlamoqda. Murabbiy ispanning so'nggi o'yinlardagi harakatlaridan mamnun.
Darvozabon "Chelsi"ga 2018 yilning yozida kelgan va klub bilan 7 yillik shartnoma imzolagandi.



