Kenja To'raev: "Bunchalik yirik hisobda yutishimizni kutmagandim"

Narzulla Saydullayev
25 sen 2016, 11:16
"Mashal" - "Andijon" (5:0) uchrashuvida uchta gol urgan mezbonlar hujumchisi Kenja To'raev o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinni barcha ko'rdi, albatta bunday hisobda g'alaba qozonishimizni o'ylamagandim. Bugun nima qilib bo'lsada g'alaba qozonishimiz kerak edi va buni uddaladik. Maqsadimiz muxlislarni xursand qilish edi, bunga erishdik. O'ylaymanki bu g'alabadan ishqibozlarimiz ham juda xursand bo'lishdi. Barcha gollarimni bugun stadionga kelgan muxlislarimizga bag'ishlayman", - deydi Kenja To'raev.

"Mashal" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia