Kellini: "Xayriyat, hozir u mening jamoadoshim!"

"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini "Oltin to'p"ning 5 karra g'olibi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p tepish kishiga qanday hissiyotlar ulashishi haqida gapirib berdi.

"Afsuski, Ronaldu "Yuventus"ga o'tishidan oldin bizning darvozamizni ko'p bora ishg'ol qilgandi. Xayriyat, u hozir mening jamoadoshim! Tan olish kerak, u boshqalardan yuqori darajada.

Sizning jamoangizda Krishtianu singari chempion bo'lsa, undan maksimal darajada foydalanishingiz kerak" - dedi Jorjo juvefc.com saytiga.


Manba: juvefc.com