Kellini: "Manchini Italiya terma jamoasiga xotirjamlik olib keldi"

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019, 18:14
Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini milliy jamoa ustozi Roberto Manchini haqida fikr bildirdi.

"Jamoada atmosfera juda yaxshi, futbolchilar ahil, ammo avval ham shunday bo'lgan. Bizga Evro-2020 yo'llanmasi kerak. Yangi sarguzashtlar boshlanyapti.

Manchinida o'zining futbol elementlari bor. Men doimo murabbiylarim va jamoadoshlarimdan o'rganishga harakat qilganman.

Manchini jamoaga xotirjamlik olib keldi. JCH-2018 saralashidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng bizga bu narsa juda kerak edi" - deydi Kellini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia