Kellini: "Bonuchchining ketishi "Yuve"ni kuchsizlantirmaydi"

25 iyul 2017, 07:55
"Yuventus" himoyachisi Jorjio Kellini Leonardo Bonuchchining jamoadan ketishini yo'qotish hisoblamayapti.


- Bonuchchi "Yuventus" uchun katta yo'qotish emas. Biz boshqa himoyachi bilan ham bemalol o'ynayveramiz. To'g'risini aytganda, albatta Bonuchchining ketishi, ketganda ham "Milan"ga o'tishini umuman kutmagandim. Tarkibdagi boshqa himoyachilar jarohatlarsiz o'ynab turishsa hammasi a'lo bo'ladi. Ammo shunda ham bizga yana bitta himoyachi zarur. Chunki Benatiya va Barcali bazan dam olib turishlari kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta dello sport