Kellini “Ayaks”ga qarshi o'yin oldidan jarohat oldi

9 apr 2019, 09:18
“Yuventus”ning asosiy himoyachisi jarohat oldi.

Jorjio Kellini YCHL 1/4 finalida “Ayaks”ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlar vaqtida oyoq mushaklaridan jarohat olgan. Endi futbolchi uchrashuvda qatnasha olmasligi mumkin. Qayd etish joiz, Turin klubi himoyasida Kellinidan tashqari Martin Kaseres va Andrea Barcali ham jarohat olgan. 

Eslatib o'tamiz, “Ayaks”-“Yuventus” bahsi 10 aprel sanasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta dello Sport