Kelasi mavsum beshta ingliz jamoasi Chempionlar ligasida o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 okt 2014, 11:20
Agar "Tottenxem" yoki "Everton" bu yilgi Yevropa ligasida g'olib bo'lsa, Angliya premer-ligasidan kelasi mavsumda beshta klub Chempionlar ligasida ishtirok etishi mumkin.

Avvaliga Yevropa ligasi g'olibi bo'lgan mamlakatga Chempionlar ligasidan qo'shimcha o'rin ajratilmasligi haqida gaplar paydo bo'lgan edi, ammo bu mish-mishlar rad etildi. Agar bu mavsum "Everton" yoki "Tottenxem" Yevropa ligasi g'olibiga aylansa, Angliya premer-ligasida to'rtinchi o'rindan pastdagi jamoa ham Chempionlar ligasida ishtirok etishi mumkin, deb xabar beradi britan OAV.

Bu mavsumdan qaysi jamoa Yevropa ligasini yutsa, Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com