Keylor Navas: "Maqsadim - dunyoning eng kuchli darvozaboni bo'lish"

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 14:32
Levante va Kosta-Rika darvozaboni Keylor Navas yaqin orada kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda AS nashri.
- Yaqin orada o'zimning yangi klubim haqida xabar beraman, - deydi futbolchi. - Umid qilamanki, keyingi haftada transfer hujjatlari imzo chekiladi. Maqsadim - dunyoning eng kuchli darvozaboni bo'lish. Buning uchun katta klubda o'ynashim kerak.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net