Kechagi mag'lubiyatdan so'ng Manchester Siti qanday antirekordlarni o'rnatdi?

Khoja
24 noya 2024, 10:34
Kecha Manchester Siti o'z uyida Tottenxemga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Kechagi uchrashuvdan so'ng shaharliklar qanday antirekordlarni o'rnatishgani ma'lum.

Manchester Siti 1956 yilda Chelsidan keyin ketma-ket beshta o'yinda mag'lub bo'lgan birinchi amaldagi Angliya chempioni bo'ldi;

Man Siti 2017 yildan beri ilk bor 4 ta gol farqi bilan mag'lub bo'ldi;

Gvardiola murabbiylik faoliyatida birinchi marta ketma-ket 5 ta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi;

Man Siti 2022 yildan beri ilk bor APLda o'z uyida mag'lub bo'ldi;

Man Siti 2006 yildan beri birinchi marta ketma-ket 5 o'yinda mag'lub bo'ldi.

Manchester Sitining APLdagi navbatdagi raqibi - Liverpul.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru